O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarmoqchi

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarmoqchi

O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida 9 iyun kuni Boxtar shahrida birinchi O‘zbekiston — Tojikiston hududlararo investisiyaviy forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston — Tojikiston investisiya jamg‘armasi tashkil etilgani tilga olingan.

Forum yakunida Tojikiston Hukumati huzuridagi Eksport agentligi bilan O‘zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etishga oid bitimlar, shuningdek, bir qator savdo shartnomalari imzolangan. Hujjatlarning umumiy summasi 730 mln dollarni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!