O‘zbekistonda krevetka yetishtiriladi

O‘zbekistonda krevetka yetishtiriladi

Baliqchilik qishloq xo‘jaligining serdaromat tarmoqlaridan biridir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu sohani rivojlantirish uchun bugungi kunda ko‘plab imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratildi. Natijada ichki bozorda aholining go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, narx-navoni barqaror ushlash maqsadida savdo rastalari sifatli va arzon baliq mahsulotlari ko‘paydi. Qishloq xo‘jaligi vazirligida «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi rahbari Omon Musayev hamda Yaponiyaning «Trust engineering partners» kompaniyasi prezidenti Shozo Maishigi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida aholi soni o‘sib borayotgan O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishda Yaponiya tajribasi va texnologiyasini joriy etish, mutaxassislarni jalb qilish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yurtimizda akvakultura sohasini rivojlantirish, sovuq suv baliqlari va ilg‘or texnologiyalar asosida qisqichbaqasimonlarni (krevetka) sanoat miqyosida yetishtirish yo‘lida hamkorlik xususida fikr almashildi.Jumladan, O‘zbekistonda krevetka yetishtirish uchun mavjud shart-sharoitlar, tabiiy va sun’iy suv havzalari, suv hajmi va sho‘rlik darajasi kabi zaruriy ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida yurtimizda Yaponiya tajribasi asosida krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!