Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Farg‘onada  elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Beshariq tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Beshariq tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro N.N. ga qarashli (bog‘) fermer xo‘jaligining suv nasosi elektr hisoblagich tok transformatorlariga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra tizimga 234 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!