Kopa Amerika-2024. Braziliya penaltilar seriyasida Urugvayga yengilib, turnirni tark etdi

Kopa Amerika-2024. Braziliya penaltilar seriyasida Urugvayga yengilib, turnirni tark etdi

Urugvay terma jamoasi Amerika kubogi 1/4 finalida Braziliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi - 0:0 (penaltilar - 4:2). Uchrashuv "Ellidjent" stadionida bo‘lib o‘tdi.

74-daqiqada urugvaylik yarim himoyachi Naitan Nandes qizil kartochka olib, jamoasini kamchilikda o‘yinni yakunlashiga sababchi bo‘ldi.

Asosiy vaqtda jamoalar gol urishmadi, penaltilar seriyasida urugvaylik futbolchilar aniqroq harakat qilishdi – 4:2. Braziliya terma jamoasi safida Eder Militao (darvozabon qutqardi) va Duglas Luis (darvozaga ustuniga berdi) penaltini golga aylantira olishmadi, Urugvay termasidan Xose Ximenes gol ura olmadi (darvozabon qutqardi).

Amerika kubogi yarim finalida Urugvay Kolumbiya bilan o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!