Angren IES hududida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar rad etildi

Angren IES hududida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqda Angren IES hududida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi bu xabar mutlaqo yolg‘onligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Angren IES hududida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Stansiya barqaror ishlamoqda.

Vazirlik ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabi yolg‘on xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Angren IES Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston yagona energetika tizimiga kiradi. U Angren shahri va Toshkent viloyatining boshqa hududlarini elektr va issiqlik ta’minoti uchun mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!