Yaponiya va Kambodja Ukrainadagi minalardan tozalashda yordam beradi

Yaponiya va Kambodja Ukrainadagi minalardan tozalashda yordam beradi

Yaponiya va Kambodja dunyo mamlakatlari, jumladan, Ukraina bilan minalardan tozalash bo‘yicha bilim va texnologiya almashish loyihasini yaratdi.

Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava Kambodja minalarga qarshi kurash markaziga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu markaz 1990 yillarda Kambodjada o‘nlab yillar davom etgan fuqarolar urushi oxirida tashkil etilgan. U mamlakat bo‘ylab tarqalgan 4-6 million mina va boshqa portlamagan o‘q-dorilarni tozalamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!