Evro-2024. Niderlandiya Turkiya ustidan irodali g‘alabaga erishib, yarim final ishtirokchisiga aylandi

Evro-2024. Niderlandiya Turkiya ustidan irodali g‘alabaga erishib, yarim final ishtirokchisiga aylandi

Evropa Chempionatining chorak finalida Niderlandiya va Turkiya terma jamoalari 6 iyul, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvni ikki jamoa ham hujumkor boshladi. 35-daqiqada Akaydin hisobni ochdi. Bo‘lim turklarning ustunligi ostida yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limda turkiyaliklar ko‘proq hisobni saqlashga harakat qildi. Oqibatda De Vrey 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng niderlandiyaliklarda hujumlar soni ortdi. 6 daqiqa o‘tib gollandiyaliklarning yana bir zarbasi Myuldurga tegib, Turkiya darvozasiga yo‘l oldi.

Goldan so‘ng turklar katta ustunlikka erishdi. Ammo uchrashuvda boshqa to‘p kiritilmadi.

Shu tariqa, Niderlandiya yarim finalga yo‘l oldi. Ular keyingi bosqichda 10 iyul kuni Angliya bilan o‘ynaydi.

Ispaniya — Fransiya uchrashuvi 10 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Evro—2024, Chorak final
6 iyul, shanba
Niderlandiya – Turkiya 2:1
Gollar: 0:1 —Akaydin (35), 1:1 — de Vrey (70), 2:1 —Muldur (76, avtogol).
Niderlandiya: Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 73), Shauten, Reynders (Verman, 73), Simons (Zirkze, 87), Bergveyn (Vegorst, 46), Gakpo, Depay (Frimpong, 87).
Turkiya: Gyunok, Muldur (Chelik, 82), Ayxan, Bardakchi, Akaydin (To‘sun, 82), Guler, Kadio‘g‘li, Chalxono‘g‘li, O‘zjan (Yokushlu, 77), Kilichsoy, Yilmaz, Yildiz (Akturko‘g‘li, 77).
Ogohlantirishlar: Simons (30), Ake (54), van Deyk (64), To‘sun (90+3).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!