Turkiya osmonidan meteorit uchib o‘tdi

Turkiya osmonidan meteorit uchib o‘tdi

Jumadan shanbaga o‘tar kechasi Istanbul va Turkiyaning boshqa shaharlari aholisi meteorit uchishiga guvoh bo‘lishdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa Bursa, Yalova, Kojaeli, Bartin, Zonguldak, Karabuk, Chanqiri va Sorumda ham kuzatilgan.

“Bu omillarning barchasi (hajmi, tezligi, tarkibi) turli xil ranglarga olib keladi, bu esa har bir meteorit hodisasini o‘ziga xos va vizual ta’sirchan tabiiy hodisaga aylantiradi”, deyiladi mamlakat kosmik agentligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida ham Turkiyaning janubi-sharqida meteorit uchishi qayd etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!