Toshkentda maktab o‘quvchisi piyodani urib yubordi

Toshkentda maktab o‘quvchisi piyodani urib yubordi

Uchtepa tumanida 16 yoshli o‘quvchi boshqaruvidagi Malibu urib yuborgan piyoda og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina yuqori tezlikda harakatlanib, svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketgan.

Toshkent shahri Uchtepa tumanida voyaga yetmagan Malibu 2 haydovchisi yo‘l transport hodisasi sodir etdi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, holat 27 iyun kuni soat 20:10 atrofida tumanning Ko‘rkam obod mahallasida — Milliy gvardiya binosi qarshisida sodir bo‘lgan. 16 yoshli A.X. Malibu 2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 39 yoshli piyodani urib yuborgan.

️YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir.

Hodisa videosida avtomobil yuqori tezlikda harakatlangani va svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida o‘tib kelganini ko‘rish mumkin.

Boshqarma xodimining so‘zlariga ko‘ra, mashina boshqaruvida Uchtepa tumanidagi 312-maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U boshqa uch nafar sinfdoshi bilan avtomobilni ijaraga olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!