HAMAS Isroil bilan sulh tuzishga rozilik berdi

HAMAS Isroil bilan sulh tuzishga rozilik berdi

HAMAS Isroil bilan sulh tuzishga rozilik berdi. Bu haqda Associated Press manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan kelishuv olti haftaga to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘z ichiga oladi, bu esa yuzlab qamoqdagi falastinliklarni ozod qilish evaziga garovga olingan bir necha isroilliklarni ozod qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi davrida HAMAS va Isroil vakillari kelishuvning ikkinchi bosqichi shartlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!