Fransiyada o‘ng qanot kuchlarning reytingi pasaymoqda

Fransiyada o‘ng qanot kuchlarning reytingi pasaymoqda

Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, parlament saylovlarining hal qiluvchi bosqichi arafasida “Milliy birlashuv” partiyasi va uning ittifoqchilari Milliy assambleyada 175 tadan 205 tagacha o‘rin olishi mumkin. Fransiya parlamenti quyi palatasida mutlaq ko‘pchilik bo‘lish uchun 289 ta o‘rin kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, Ipsos'ga ko‘ra, so‘l kuchlar alyansi 145 tadan 175 tagacha mandat bilan ikkinchi o‘rinni, Makron koalisiyasi esa 118 tadadan 148 tagacha mandat bilan uchinchi o‘rinni egallashi mumkin.

Bu ma’lumotlar Milliy assambleyada o‘ta o‘ng “Milliy birlashuv” partiyasiga aloqador bo‘lmagan kuchlarning nisbiy ko‘pchiligining paydo bo‘lishi mumkinligiga imkon beradi. Biroq, bunday koalisiyani tuzish haqiqatda muammoli, chunki so‘l kuchlar va Makron koalisiyasi hamkorlik qilish imkoniyatini rad etishdi, deb yozadi DPA agentligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!