«Al-Hilol» Osimxen uchun 130 million yevro to‘lashga tayyor

«Al-Hilol» Osimxen uchun 130 million yevro to‘lashga tayyor

Premyer-liga klublari Viktor Osimxen uchun «Napoli» xohlaganchalik pul to‘lamoqchi emas.

"Sport Mediaset"ning ta’kidlashicha, na «Chelsi», na «Arsenal» va na «Manchester Yunayted» forvardni 130 million yevroga (tovon puli) sotib olmoqchi emas va hatto 100 million ham taklif qilishga tayyor emas.

«Kanonirlar» nigeriyalik futbolchini 70 million yevroga sotib olmoqchi bo‘ldi, biroq neapolliklar bunga rozi bo‘lishmadi. Shuningdek, «Napoli» o‘yinchi almashishga qiziqmayapti.

«Al-Hilol» Osimxenni 130 million yevroga sotib olmoqchi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni klubi futbolchiga katta maosh to‘lashga tayyor. Biroq hujumchi hali ham Premyer-ligaga ketishga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!