Sidneydagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi

Sidney g‘arbidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda uch bola halok bo‘ldi.

Bu haqda Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati polisiyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n oylik qiz va ikki va to‘rt yoshli ikki o‘g‘il vafot etgan. Ularning shaxsi hali aniqlanmagan.

Voqeadan keyin 29 yoshli ayol ham kasalxonaga yotqizilgan va tutundan zaharlanish alomatlarini ko‘rsatgan.

Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!