Buyuk Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Germaniyaga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Germaniyaga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Germaniyaga ilk xorijiy tashrifini amalga oshirmoqda.

Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.

«Evropalik ittifoqchilarimiz bilan munosabatlarimizni tiklash vaqti keldi. Shuning uchun men Germaniyada tashqi ishlar vaziri sifatida birinchi tashrifim bilan keldim», - dedi Lemmi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan birgalikda umumiy tahdidlarga qarshi turish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!