O‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari necha nafarni tashkil etdi?

O‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari necha nafarni tashkil etdi?


2024 yilning yanvar-may oylarida jami 15,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 ming nafarga yoki 7,4 % ga kamaygan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Tojikiston — 7 888 nafar;

Rossiya — 2 272 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 1 756 nafar;

Janubiy Koreya — 900 nafar;

Turkiya — 858 nafar;

Qozog‘iston — 608 nafar;

Buyuk Britaniya — 342 nafar;

Xitoy — 302 nafar;

Germaniya — 154 nafar;

AQSh — 141 nafar;

Boshqa davlatlar — 575 nafar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!