AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari G‘azo sektorida sulhga erishish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Dohaga boradi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari G‘azo sektorida sulhga erishish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Dohaga boradi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns kelgusi hafta G‘azo sektorida sulhga erishish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Dohaga boradi, deb xabar bermoqda Axios portali manbalarga tayanib.

Berns Qatar, Misr va Isroil vakillari bilan uchrashib, kelishuvni tezlashtirishga harakat qiladi. Avvalroq Isroil razvedka boshqarmasi (Mossad) rahbari Devid Barnea muzokaralar uchun Qatarga kelgani haqida xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!