O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarimalaridan shikoyat qilish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushiriladi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarimalaridan shikoyat qilish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushiriladi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir jarimalarga qarshi “my.gov.uz” portali orqali elektron shikoyat yo‘llash mumkin bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 3 iyuldagi 382-son qaroriga asosan, 2024 yilning 1 sentyabridan boshlab my.gov.uz portali orqali Yo‘l harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yuborilgan shikoyat arizalari YHXX tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Murojaat ko‘rib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati to‘xtatib turilmaydi.

Agar shikoyat o‘rinli deb topilsa, YHXX tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 271-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!