O‘zbekiston Rossiyaga 5 mln dona tibbiy niqoblar partiyasini jo‘natdi

O‘zbekiston Rossiyaga 5 mln dona tibbiy niqoblar partiyasini jo‘natdi

O‘zbekiston insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi – tibbiy niqoblar Moskvaga yetib keldi, deb xabar berdi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk.  

Tibbiy niqoblar O‘zbekiston hukumati tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida yuborildi.

Xabar qilinishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob hamda tibbiyot dokalari yetkazib beriladi.

Overchukning ma’lum qilishicha, "mazkur tibbiyot buyumlari birinchi navbatda pandemiyaga qarshi birinchi safda  kurashayotganlarga yetkaziladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!