O‘zbekiston mehnat bozorida qaysi sektorning ulushi ko‘proq? Rasmiymi yoki norasmiy...

O‘zbekiston mehnat bozorida qaysi sektorning ulushi ko‘proq? Rasmiymi yoki norasmiy...

Bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,6 million kishi band bo‘lib, ulardan 5,6 million rasmiy va 7,9 million norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 million kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, norasmiy sektordagi bandlik ko‘rsatkichi sekin-asta kamayib, rasmiy sektorga o‘tilmoqda. Mustaqillik yillari davomida bu yil birinchi marta rasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 300 mingdan ortdi.

Bu haqida Buxoro viloyatida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida mehnat migrasiyasi sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov aytib o‘tdi.

Mehnat migrasiyasi sohasida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari o‘rtasida 2017 yil 5 aprelda tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan endilikda ushbu tarmoqni yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan.

Xususan, 2020 yilda Rossiya Federasiyasining Krasnoyarsk o‘lkasi, Tatariston Respublikasi, Astraxan, Rostov, Leningrad, Novosibirsk viloyatlari bilan bandlik va mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik kelishuvlarini imzolash va birgalikda qator tadbirlarni o‘tkazish kutilmoqda.

“Tartibli mehnat migrasiyasi bu biror davlatga ishni naqd qilib, ish joyi va ish beruvchi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lib borish demakdir. Afsuski, mazkur jarayonni to‘laligicha tartibga solish juda murakkab. Bu borada bizda tayyor mexanizmlar yo‘q. Uni birgalikda yaratamiz“, deya ta’kidladi Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Ivankov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!