“O‘zbekiston havo yo‘llari” Vladivostokka parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Vladivostokka parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 15 sentyabrdan boshlab Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini joriy etadi.

Parvozlar haftaning shanba kunlari Boeing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi.

HY-707 reysi Toshkentdan mahalliy vaqt bilan 08:30da uchib ketadi va Vladivostokka soat 20:10da qo‘nadi. HY-708 reysi Vladivostokdan 22:00da parvoz qiladi va Toshkentga soat 00:40+1da yetib keladi.

Ilgari aviakompaniya mazkur yo‘nalish bo‘yicha faqat charter parvozlarini amalga oshirib kelayotgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!