O‘zbekiston elchisi Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston elchisi Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksandr Turchin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalarda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Aleksandr Turchin shu yil 7 fevral kuni o‘tkazilgan Belarus-O‘zbekiston hududlararo II forumi natijalarini yuqori baholadi. Tadbir doirasida O‘zbekistonning Toshkent va Andijon viloyatlari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuv va yo‘l xaritalarini imzolash to‘g‘risida kelishib olingani ta’kidlandi. Ushbu hujjatlarning amaliy ijrosi tomonlar uchun manfaatli bo‘lishi alohida qayd etildi.

Uchrashuvda Belarus ishbilarmonlari ishtirokida yurtimizda mebelsozlik va kichik yoshdagi bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Minsk viloyati ishbilarmon doira vakillari uchun O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik istiqbollari mavzusida taqdimot tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!