O‘zbekiston delegasiyasi Fransiya tomon yo‘l oldi

O‘zbekiston delegasiyasi Fransiya tomon yo‘l oldi

O‘zbekiston rasmiy delegasiyasi 4 yillikning eng muhim musobaqasi Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Fransiya poytaxtiga jo‘nab ketdi. Delegasiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari rasman 26 iyul – 11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegasiyasi o‘z ishtirokini ertaga futbolchilarimizning Ispaniyaga qarshi o‘yini bilan boshlaydi.

Bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston delegasiyasi o‘z tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta lisenziya qo‘lga kiritgan. Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya o‘yinlarida debyut qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!