“Uzbekistan Global Tour-2023" g‘oliblari aniqlandi

“Uzbekistan Global Tour-2023" g‘oliblari aniqlandi

Toshkentdagi “Universal Horses Stable” majmuasida konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour-2023" musobaqasining oltinchi tur bellashuvlari o‘tkazildi.

Bu galgi bahslarda Qozog‘iston va Belarus mamlakatlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar bilan birgalikda hamyurtlarimiz ham o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Qayd etish joiz, turnir kelasi yil o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalar oldidan asosiy terma jamoaga nomzod sportchilarni saralab olish, iqtidorli yoshlarni ko‘zdan kechirish imkoniyatini taqdim qildi.

Bellashuvlar yakunida Ibrohim Yo‘ldoshev “F”, Firdavsbek Davronbekov “C”, Alisher Erkinov “E”, Oqil Sobirjonovt“D”, Humoyun Abdullayev “V”, Sergey Antonovich “A” toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!