O‘rtachirchiqda 35 000 AQSh dollariga 10 sotix yerni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

O‘rtachirchiqda 35 000 AQSh dollariga 10 sotix yerni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbirda, fuqaro X.M. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga 35 000 AQSh dollari evaziga O‘rtachirchiq tumani, “Qumovul” QFY hududidan 10 sotix bo‘sh yer maydonini tanishlari orqali olib berishni va’da qilib, oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!