O‘rta yer dengizida yana 20 nafar muhojir yo‘qoldi

O‘rta yer dengizida yana 20 nafar muhojir yo‘qoldi

O‘rta yer dengizida ro‘y bergan halokatdan so‘ng 20 kishi topilmayapti, tirik qolganlar Italiyaning Lampeduza oroliga olib ketilgan. Bu ma’lumotni BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining ushbu davlatdagi vakili Kyara Kardoletti tasdiqladi.

– Omon qolganlar ma’lumotiga ko‘ra, kema 1 sentyabr kuni ag‘darilgan, – deb yozgan Kardoletti ijtimoiy tarmoqda. – 20 kishining taqdiri noma’lum, yetti nafar omon qolgan muhojirning ahvoli og‘ir.

“Sole 24 Ore” gazetasi yozishicha, Italiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati yetti nafar Suriya fuqarosini qutqargan. Ular Liviyadan jo‘nagani, kema sahnida 28 kishi bo‘lgani, yo‘lga chiqqandan bir kun o‘tib, qayiq halokatga uchraganini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!