Umovie onlayn kinoteatri ishga tushiriladi

Umovie onlayn kinoteatri ishga tushiriladi


Tomoshabinlarning xohish va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Umovie platformasi - o‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boruvchi yuqori sifatli filmlar va seriallar namoyish etiladigan onlayn kinoteatr (https://telegra.ph/Umovie-10-02)ni ishga tushirdi.

Platforma dunyoning istalgan nuqtasida va istalgan qurilmada ishlaydi. U o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilgan sevimli filmlardan zamonaviy kinokartinalargacha tomosha qilish imkonini beradi. Barcha filmlar va multfilmlar toifalarga ajratilgan. Siz «Tanlangan» bo‘limiga o‘zingiz yoqtirgan filmni qo‘shishingiz va xohlagan vaqtda tomosha qilishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq film va multfilmlar WEB ilovadan o‘rin olgan. Kinolentalar bazasi muntazam ravishda yangilanadi. IOS va Android operasion tizimlari uchun Umovie ilovasini yaratish rejalashtirilgan.

"Platforma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq yaratilgan. Ushbu platformaning yaratilishi – bugungi davr talabi. Loyihani milliy kinematografiyani rivojlantirish va targ‘ib qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadam siftatida baholash mumkin. - deb izoh berdi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

Platformaning taqdimoti davlat rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!