Ukrainada ichida ayollar bo‘lgan go‘zallik salonini yoqib yuborishdi (VIDEO)

Ukrainada ichida ayollar bo‘lgan go‘zallik salonini yoqib yuborishdi (VIDEO)

Lvovda 30 noyabr, seshanba kuni noma’lum shaxslar mijozlari bo‘lgan go‘zallik salonini talon-taroj qilib, yoqib yubordi. Bu haqda Varta1 xabar bermoqda.

Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar Shota Rustaveli ko‘chasidagi go‘zallik saloniga bostirib kirishgan. Ular barcha xodimlarni yerga yotishga majburlab, qimmatbaho buyumlarini olib, binoni yoqib yuborishgan.

Xabar qilinishicha, hujumchilar xodimlarni kaltaklagan va ikkita mobil telefonni o‘g‘irlagan.

Voqea joyida polisiya, qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari va gaz xizmati ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!