Ukraina Pokrovskdagi hujumni to‘xtata oldimi?

Ukraina Pokrovskdagi hujumni to‘xtata oldimi?

Rossiya armiyasi haqiqatan ham Donesk viloyatidagi Pokrovsk tomon yurishni to‘xtatdi, dedi Ukraina Milliy telemarafon efirida Ukraina Qurolli kuchlarining 59-alohida mexanizasiyalashgan brigadasi ofiseri Sergey Tsexotskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, frontning ma’lum uchastkalarida rus harbiylari chiziqni ushlab turish uchun xandaqlar qazishni boshlagan. Shu bilan birga, Sexotskiy Pokrovskdagi hujumning sekinlashishini Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi operasiyasi bilan bog‘lamaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Pokrovskdagi hujumi to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

Shu bilan birga, Conflict Intelligence Team mustaqil tergov guruhi tahlilchilari o‘zlarining so‘nggi hisobotlarida Pokrovskdagi hujum haqiqatan ham sekinlashganini yozadilar, ammo bu Rossiya armiyasining keyingi hujum harakatlari uchun qanotlarni kuchaytirish zarurati bilan bog‘liq. Kuraxov va Kuraxovka qishlog‘i yo‘nalishida rus kuchlari hali ham oldinga siljimoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!