O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi delegasiyasi Turkiyada

O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi delegasiyasi Turkiyada

O‘zbek va turk xalqlarini azaliy do‘stlik, birodarlik va qardoshlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Turkiyani ko‘p qirrali hamkorligi yildan yilga yanada kengayib, yangi bosqichga ko‘tarilyapti. So‘z isboti sifatida aytish mumkinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi delegasiyasi Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrifdan maqsad esa xalqaro madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash va tajriba almashishdir. 15 sentyabr kuni madaniyat va muzey muassasalari uchun innovasion yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha ixtisoslashgan “Outdoors Factory” kompaniyasi hamroxligida Istanbuldagi bir qator zamonaviy muzeylarga sayohat tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa muzeylarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdagi eng yaxshi amaliyotlarni va ularning madaniy merosni saqlashga ta’sirini o‘rganishdan iborat.

Hozirgi zamonaviy texnologiyalar yordamida madaniy meros va qadriyatlarni keng jamoatchilik, jumladan, yosh avlod uchun qiziqarli tarzda targ‘ib qilishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Delegasiya a’zolari Vizantiya davrining qadimiy yerosti inshootlaridan biri bo‘lgan Sherefiye yerosti sardobasi (Şerefiye Sarnıcı) bilan tanishishdi. Bu inshoot imperator Feodosiy II (401–450 y.) davrida Konstantinopolda suv saqlash uchun qurilgan. Hozirgi kunda bu yerda suv ta’minoti tarixi haqida vizual hikoya qiluvchi 3D mepping texnologiyasi asosidagi o‘ziga xos ob’ekt mavjud. Shuningdek, delegasiya hashamatli Ayya Sofiya ibodatxonasi, Ko‘k masjid, To‘pqopi saroyi, qadimgi Efes shahri va Galikarnas maqbarasi kabi mashhur tarixiy yodgorliklarning kichik modellarini namoyish qiluvchi Ochiq osmon ostidagi miniatyuralar muzeyida ham bo‘lishdi. Muzey tashrif buyuruvchilarga bu muhim inshootlarning modellarini bir joyda ko‘rish va tarixga qisqacha sayr qilish imkonini taqdim etadi.

“Deneyap Technology Atölyesi” interaktiv muzeyi bolalar va yoshlar uchun ta’lim dasturining bir qismi bo‘lib, yangi texnologiyalar, dasturlash va sun’iy intellekt yordamida fan va madaniyatni o‘rganishga imkon beradi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi vakillari muzey ekspozisiyalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning madaniy merosni saqlash va uning yangi shakllarini yaratishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.

Muzey rahbarlari va Outdoors Factory rahbari Sinan Turamon bilan o‘tkazilgan muhokamalarda O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazida interaktiv dasturlarni rivojlantirish va tashrif buyuruvchilarni kengroq jalb qilish uchun texnologiyalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Hozirgi zamon madaniy merosni saqlash va ommalashtirish uchun yangi yondashuvlarni talab qiladi. O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining asosiy vazifasi – boy mazmun bilan to‘ldirilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan kontentlar yaratishdir. Zamonaviy muzeylar faqatgina artefaktlarni saqlash joylari emas, balki tashrif buyuruvchilar bilan interaktiv muloqot qilish uchun faol maydondir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan bu madaniy-gumanitar megaloyihaga bu kabi texnologiyalarni joriy qilish islom madaniy merosini yangi avlod va keng ommaga qiziqarli tarzda taqdim etishda yangi yo‘llarni ochadi”, – dedi Firdavs Abduxoliqov. – “Bu yondashuv ko‘p asrlik an’analarni zamonaviy texnologiyalar orqali saqlash va rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi”.

Delegasiyaning Turkiyaga tashrifi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi va Istanbul muzeylari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, madaniyat va innovasiyalar sohasida tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. “Delegasiyaning Istanbulga tashrifi doirasida IRSIKAda media tadbir, shuningdek, qator muzeylarga tashrif, memorandumlar imzolash va O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi konsepsiyasini yangi mazmun bilan boyitishga ko‘maklashadigan kelishuvlarni tuzish rejalashtirilgan”, – dedi markaz rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Husanov APLda qaysi jamoaga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazishi mumkinligi ma’lum

Тез орада расман «Манчестер Сити» футболчисига айланадиган Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти қайси жамоаларга қарши ўйинда амалга ошиши маълум.

Rossiyada o‘lganlar soni rekordmi?

Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.

Xitoy va Yaponiyadan keyin Rossiya ham shu taklifni bermoqda

Россиянинг талаба қизлар учун бонус схемаси жорий этилмоқда.

Dushanbadan dollar qanchaga yetishi e’lon qilindi

Марказий банк 2025 йил 13 январдан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Барчамиз пенсия ёшига яқинлашиб қоламиз ва энди пенсия ҳақида ўйлашни бошлаймиз. “Энди менга қанча пенсия чиқар экан?”, “Юқори миқдорда пенсия олармикинман?” каби саволлар бизни қамраб олади.

O‘qituvchilar avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishlari mumkin — “O‘zavtosanoat”

“Ўзавтосаноат” АЖ тижорат банклари томонидан Вазирлар Маҳкамаси топшириғи ижроси доирасида бериладиган имтиёзли автокредитлар орқали автомобилларни сотишга тайёр.

Lionel Messi "Inter Mayami" bilan yangi shartnomaga qaramay, 2025-yilda Yevropa futboliga shov-shuvli qaytishi mumkinligi haqida tushuntirish

"Интер Маями"нинг Лионел Месси билан тузган янги шартномаси аргентиналик футболчига жорий йил охирида Европада ўйнаш имкониятини бериши мумкин.

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Бу ҳақда CNN ёзган.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Evropadagi eng yirik litiy koni Rossiya ixtiyoriga o‘tdi

Шевченко литий конлари 1982 йилда топилган.

Tramp Ukrainani Putinga topshirmoqda

АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трампни Украина тақдири қизиқтирмайди.

Rossiya Mudofaa vazirligi binosida FSB kontrrazvedkasi xodimi otib o‘ldirildi

Москва марказида ФСБ контрразведка бўлими ходими Владимир Фешченко отиб ўлдирилди, деб ёзади Россия ОАВлари.

Primorsk o‘lkasida yo‘lbars odamni g‘ajib tashladi

Бу ҳақда "Амур тигери" маркази маълум қилди.

Husiylar Isroil Mudofaa vazirligi binosiga hujum qilishdi

Бу ҳақда ҳаракатнинг ҳарбий вакили Яҳё Сария маълум қилди.

Qozog‘istonda kimyoviy moddalar ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Воқеа жойига радиация ва кимё хизмати ходимлари етиб борган.

G‘arb Ukrainada safarbarlik yoshini pasaytirish befoyda ekanini tan oldi

Бу ҳақда британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис Дуран YouTube каналида маълум қилди .

NATO Boltiq dengizida o‘z nazorat maydonini jiddiy kengaytirmoqchi

НАТО давлатлари Болтиқбўйидаги кемаларни ўз сувларидан ташқарида назорат қилиш учун ечим излайди, деди Польша Бош вазири Доналд Туск.

Chilidagi stadionda yuz bergan otishma oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Пеньяфлор (Чили) коммунасидаги стадионда юз берган отишмада 11 ёшли бола ҳалок бўлди. Бундан ташқари, 33 ёшли эркакка камида етти марта ўқ узилган, у яраланган.

Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘illanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi

Ҳозирга вақтга кўра қалбаки спиртли ичимликлар оқибатида вафот этган Ўзбекистон фуқаролари сони 6 нафарга етди. Улардан 5 эркак ва 1 нафар аёлни кишини ташкил этмоқда.

Kaliforniyadagi yong‘in AQShga qancha zarar keltirgani aytildi

АҚШ жанубидаги Калифорния штатида давом этаётган ўрмон ёнғинлари оқибатида етказилган зарар тахминан 250-275 миллиард долларни ташкил этмоқда. Бу ҳақда The Washington Post газетаси AccuWeather об-ҳаво маълумотларига таяниб хабар берди.

AQSh 37 ta Xitoy kompaniyasi mahsulotlarini taqiqladi

14 январ куни АҚШ Ички хавфсизлик вазирлиги 37 та Хитой компаниясини уйғурларнинг мажбурий меҳнатидан фойдаланаётган корхоналар рўйхатига қўшганини маълум қилди.

Tramp Rossiyaga uning mablag‘lari orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin

АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трамп жамоаси Украина бўйича музокараларни бошлаш учун Москвага таъсир ўтказиш воситаси сифатида музлатилган Россия активларидан фойдаланиш ғоясини рад этмаяпти.

Putinning yordamchisi: "Ukraina va Moldova mavjud bo‘lishni to‘xtatadi"

Россия президенти ёрдамчиси Николай Патрушев "2025 йилда аллақачон Украина давлат сифатида мавжуд бўлишни тўхтатади", деди.

Pistorius Trampning qaytishi va Germaniyadagi saylovdan oldin Kiyevda

Германия мудофаа вазири Борис Писториус эълон қилинмаган ташриф билан Украинада. Бу, эҳтимол, келгуси ойдаги Германия сайловидан олдинги сўнгги сафари. У Трамп келаси ҳафта қайтиши муносабати билан Европанинг доимий қўллаб-қувватлаши ҳақида муҳокама юритишини айтди.

Al-Qassam brigadalari bir kun ichida rekord miqdordagi fashistlarni o‘ldirdi

Босқинчилар Ғазонинг бутун ҳудудида оммавий қотилликларни содир этишди. 70 дан ортиқ одам ҳалок бўлди, улар орасида болалар ҳам бор.

Ukraina ikki shaharni qo‘ldan boy berish xavfi ostida

Россия Украинанинг Донетск вилоятидаги Покровск ва Мирноград шаҳарларига қуруқликдаги таъминот йўлларини кесиб қўйишни режалаштирмоқда.

Chilidagi stadionda otishma. 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Ҳодиса маҳаллий майдонда футбол ўйини чоғида содир бўлган, у ерда муштлашувдан сўнг номаълум одамлар билан машина етиб келган, шундан сўнг отишма бошланган.

Bayden Trampni ISHIDning Suriyada qayta tiklanishining oldini olishga chaqirdi

Бу ҳақда РИА Новости ёзмоқда .

O‘rmon yong‘inlari 47 mingga yaqin Kaliforniyaliklarni elektr energiyasiz qoldirdi

Калифорнияда давом этаётган ўрмон ёнғинлари туфайли 46,8 мингдан ортиқ истеъмолчи электрсиз қолмоқда.

Ganada vabo epidemiyasi qurbonlari soni 40 kishiga yetdi

Баёнотда айтилишича, бу вилоятларда 4850 гумон вабо касаллиги аниқланган. Қайд этилишича, эпидемия оқибатида ҳалок бўлганлар сони 40 нафарга етган.

Parijning Olimpiya sharmandasi: sportchilar 100 dan ortiq nuqsonli medallarni qaytarishdi

Ташкилотчилар мукофотларни алмаштиришга ваъда беришди.

NATO davlatlari va Ukraina birgalikda qurol ishlab chiqarishni oshiradi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Bayden Ukrainaga yordam berishdan bosh tortishning iloji yo‘qligini e’lon qildi

Бу ҳақда Америка президенти Жо Байден Давлат департаментида ташқи сиёсат бўйича якуний нутқи чоғида маълум қилди , деб ёзади “РИА Новости” .

Arktikani neft bilan ifloslanishdan himoya qiluvchi sorbent ishlab chiqildi

Россиялик олимлар Арктикани нефть билан ифлосланишдан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топишди.