Polaris Dawn kosmik missiyasi ekipaji Yerga qaytib keldi

Polaris Dawn kosmik missiyasi ekipaji Yerga qaytib keldi



Noprofessional astronavtlar tomonidan birinchi marta koinotga chiqishni amalga oshirgan Polaris Dawn xususiy kosmik missiyasi ekipaji bo‘lgan Dragon kapsulasi Florida qirg‘oqlari yaqinidagi dengizga qo‘ndi.

Polaris Dawn missiyasi 10 sentyabrda boshlangan, ekipaj tarkibiga SpaceX bilan birgalikda missiyani moliyalashtirgan milliarder Jared Isaacman, AQSh harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi podpolkovnigi Skott Potet va SpaceX xodimlari – muhandislar Anna Menon va Sara Gilliyes kirgan.

11 sentyabr kuni «Polaris Dawn» missiyasi Yer orbitasida 1400 km balandlikka ko‘tarilib, rekord o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi. Polaris Dawn shuningdek, 1972 yilda Apollondan keyingi eng uzoq missiya va ayolning kosmosga qilgan eng uzoq safari edi.

Kelgusi yillarda Jared Isaacman va SpaceX bosh direktori Ilon Mask Polaris dasturi doirasida yana ikkita missiyani rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!