UFC prezidenti: Konor Makgregor haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q!..

UFC prezidenti: Konor Makgregor haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q!..

UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregor haqida o‘ylashga vaqti yo‘qligini ma’lum qildi.

«Konor nafaqada ekanini eshitdingizmi? Hozir boshqa ishlar bilan bandman, aniqrog‘i, biznes qilyapman, Konor haqida hatto o‘ylamayapman.

U nafaqada, u jang qilmaydi, shu sabab boshqa jangchilar bilan shug‘ullanyapman. Yakkakurashchilar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, ularga yiliga uchtadan jang tashkil etib berishim kerak.

Agar bu ishni qilmasam, ularga pul to‘lashimga to‘g‘ri keladi. Konor nafaqada. Agar uning o‘zi menga jang qilmoqchi ekanini aytsa, u holda variantlarni muhokama qilamiz», — deydi Uayt.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!