“UFC”ning "eng yovuz jangchisi" AQSh fuqarolarini "kommunizm dahshatlari"dan ogohlantirdi

“UFC”ning "eng yovuz jangchisi" AQSh fuqarolarini "kommunizm dahshatlari"dan ogohlantirdi

“UFC” jangchisi Xorxe Masvidal AQSh prezidenti Donald Trampning saylov kampaniyasida ishtirok etdi.

Sportchi jamoatchilik bilan gaplashib, amaldagi davlat rahbariga ovoz berishga chaqirdi.

«Bolaligimdan menga sosializm va kommunizm dahshatlari haqida gapirib berishadi. Shu bois yoki siz Trampni tanlaysiz va Amerikani yana buyuk qilasiz yoki Jo Baydenni tanlagan holda mamlakatni tubsizlikka olib borasiz», - deya ta’kidlagan Masvidal.

Professional faoliyati davomida 35 g‘alaba va 14 mag‘lubiyatni qabul qilgan jangchi Neyt Diasga qarshi kurashda “UFC”ning eng yovuz jangchisi” unvoniga sazovor bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!