Uchar haydovchi buvi va nabira o‘tirgan avtomobilni qasddan turtib, uchirib yubordi (video)

A A A
Uchar haydovchi buvi va nabira o‘tirgan avtomobilni qasddan turtib, uchirib yubordi (video)

20 aprel kuni Rossiyaning Tyumensk trassasida yo‘l tarnsport hodisasi sodir bo‘ldi. Keyinroq ushbu voqeaning videoregistr orqali olingan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi hamda ijtimoiy tarmoqlarda kuchli bahslarga sabab bo‘ldi.

Rolikdagi kadrlardan aniq-ravshan ko‘rinib turibdiki, VAZ haydovchisi kalina ni qanday qilib qisqartirayotganini ko‘rishingiz mumkin. Avval u yo‘lnig chap tomonidan harakatlandi, keyin esa Lada ning biqiniga solib qo‘ya qoldi. Mashina boshqaruvni yo‘qotib, uchib ketdi. Barchasiga aybdor esa voqea joyidan yashiringan. Rolik muallifi aybdorni tutib tura olmadi, u mashinani to‘xtatib, tez yordam chaqirgan.

Avtomobil rulida 58 yoshli buvi bo‘lgani aytilmoqda, orqada esa uning besh yoshli nabirasi o‘tirgan. Shuning uchun mashina orqa oynasiga O‘rganuvchi haydovchi belgisi o‘rnatilgan, deb yozmoqda life.ru. Qizcha qutqarib olingan va kasalxonaga jo‘natilgan, u og‘ir jarohat olishi ham mumkin edi, ammo bolalar o‘rindig‘i uni qutqarib qoldi.

Avval tarmoqda qayta tizilish paytida xatoga yo‘l qo‘ygani uchun haydovchi buvini ayblashayotgan edi. Video tarqalgach, vaziyat o‘zgardi. Endi jahldor haydovchining manziliga salbiy kommentlar yog‘ilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!