Uch kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali ma’muriy jarimalarni to‘lash imkoni bo‘lmaydi

Uch kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali ma’muriy jarimalarni to‘lash imkoni bo‘lmaydi

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizasiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021 yil 7 aprel kuni soat 22:00dan 11 aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamaydi.

Yozishlaricha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9-11 aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar  kliring (MUNIS) tizimi orqali “0210-MVD oplata shtrafov” xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima to‘lovlari qabul qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!