Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonni ustuvor davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonni ustuvor davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonni ustuvor davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” gazetasiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Berdimuhamedov O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi “Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo‘shni va do‘stlar”ni alohida ta’kidlagan.

Turkmaniston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Ashxobod tashqi siyosatining asosiy vazifalaridan biridir.

Avvalroq Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zo davlatlar uchun hamkorlik bo‘yicha TOP-20 ta ustuvor davlatni aniqladi. O‘zbekiston ushbu reytingning kuchli o‘nligiga kirgan edi. Ro‘yxatning kuchli o‘nligiga Xitoy, Hindiston, Misr, Vyetnam, O‘zbekiston, BAA, Braziliya, Indoneziya, Meksika va Turkiya kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oktyabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 13 ta hujjat imzolangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!