Turkmaniston barcha xalqaro aviareyslarni 20 iyungacha uzaytirdi

Turkmaniston barcha xalqaro aviareyslarni 20 iyungacha uzaytirdi

 

Turkmaniston havo yo‘llari aviakompaniyasi pandemiya tufayli barcha xalqaro aviareyslarning bekor qilinishini 20 iyungacha uzaytirdi, deya xabar berdi aviakompaniyaning rasmiy sayti.

«COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli barcha xalqaro aviareyslarning bekor qilinishi 2020 yil 20 iyungacha uzaytirildi», — deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra Ashxobod bilan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin, Bangkok orasidagi reyslar bekor qilindi.

«Bekor qilingan reyslardagi yo‘lovchilar pulni qaytarib berishni so‘rashlari yoki parvozlar tiklanishini kutishlari va keyingi qulay reyslar uchun chiptalarni qaytadan bronlashlari mumkin», — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Avvalroq Turkmaniston havo yo‘llari barcha xalqaro aviareyslarni 20 maygacha bekor qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!