Turkiyada zilzila haqida yolg‘on xabarlar tarqatilishiga qarshi kurash maqsadida servis ishga tushirildi

Turkiyada zilzila haqida yolg‘on xabarlar tarqatilishiga qarshi kurash maqsadida servis ishga tushirildi

Turkiya hukumati zilzila va uning oqibatlari haqida feyklarga qarshi kurash hamda shubhali xabarlarni tekshirib ko‘rish uchun maxsus servisni ishga tushirdi. Bu haqda Anadolu agentligi Respublika Prezidenti administrasiyasining kommunikasiyalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altunga tayanib yozmoqda.

“Odamlarning foydalanishi uchun yolg‘on xabarlar haqida ma’lum qiluvchi servis ishga tushirildi”, – degan Faxrettin Altun agentlik bergan xabarda.

“Siz ilovani telefoningizga yuklab olishingiz va zilzila haqida to‘qib chiqarilgan va tarqatilayotgan shubhali yoki yolg‘on xabarlar haqida ma’lum qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!