Turkiyada o‘zini 10-qavatdan tashlab, vafot etgan o‘zbekistonlik ayol bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Turkiyada o‘zini 10-qavatdan tashlab, vafot etgan o‘zbekistonlik ayol bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Avvalroq saytimizda Turkiyada o‘zini 10-qavatdan tashlagan o‘zbekistonlik ayol haqida xabar bergandik. Bu haqda TIV rasmiy ma’lumot berdi.

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 2002 yil 21 mayda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.B.ning 2021 yil 2 yanvar kuni Izmir muzofoti (Turkiya Respublikasi) Karshiyaka tumanidagi turar-joy binosining o‘ninchi qavatidan qulashi oqibatida vafot etganligi haqida OAVda tarqatilgan ma’lumotni tasdiqladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar O‘zbekiston fuqarosining o‘limi bo‘yicha tergov jarayonini boshladi.

Bosh konsulxona Turkiyaning vakolatli idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga dafn etish uchun yuborishni tashkil qilishda marhumning yaqinlariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Anqara shahridagi mamlakatimiz elchixonasiga (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (tel.: +90 212-323-20-36, +90 212-323-20-37) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!