Turkiya aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Turkiya aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Istanbuldagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroportda ikkita yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi,deb xabar beradi "daryo.uz" nashri.

Hodisa turargohda harakatlanish chog‘ida yuz berdi. Royal Air Maroc aviakompaniyasining Boeing 787 samolyoti qanoti bilan Turkish Airlines’ning Boeing 777 fyuzelyajining orqa qismiga tegib ketdi. Marokash samolyoti terminal bo‘ylab harakatlangan, Turkiya layneri esa chiqishda yo‘lovchilarning samolyotga minishini kutib turgan.

Ikkala samolyotga ham zarar yetdi, ularni mutaxassislar ko‘zdan kechirishi kerak. Marokash aviakompaniyasi Boeing’i Kasablankaga, Turkiya samolyoti esa Afinaga uchishi kerak edi. To‘qnashuv natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!