Turk tilidan imtihon topshirish istagini bildirayotgan talabgorlar soni keskin oshgan

Turk tilidan imtihon topshirish istagini bildirayotgan talabgorlar soni keskin oshgan

Ma’lumki, joriy yilgi Davlat dasturida ko‘zi ojiz shaxslarga xorijiy tillarni o‘rganishda qulay va maqbul muhitni yaratish maqsadida ko‘zi ojiz shaxslarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha alohida format ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi belgilab qo‘yilgan.

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarovning ma’lum qilishicha, Agentlik tomonidan joriy yil yakuniga qadar birinchi bosqichda – chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘yicha ko‘zi ojiz shaxslar uchun alohida format ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda – ishlab chiqilgan format asosida test topshiriqlari shakllantirilib, aprobasiyadan o‘tkaziladi hamda uchinchi bosqichda – ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 16 ta chet tili bo‘yicha o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularning 4 tasi ingliz, nemis, fransuz va arab tillari ko‘p darajali format asosida, qolgan tillar esa har bir daraja uchun alohida o‘tkazilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda turk tilidan imtihon topshirish istagini bildirayotgan talabgorlar soni keskin oshganidan kelib chiqqan holda 2024 yil yakuniga qadar turk tilidan imtihonlar ham ko‘p darajali formatga o‘tkaziladi. Buning uchun tegishli qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritish va turk tilidan ko‘p darajali imtihon formatini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!