To‘qayev Qozog‘istonning yana bir hududida viloyatida holatni bekor qildi

To‘qayev Qozog‘istonning yana bir hududida viloyatida holatni bekor qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Aqto‘be viloyatidagi favqulodda holat tartibini bekor qildi. Tegishli farmon hukumat saytida e’lon qilindi.

“Qozog‘iston Respublikasining «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq qaror qilaman:

2022 yil 16 yanvar soat 07:00 dan boshlab Qozog‘iston Prezidentining 2022 yil 5 yanvardagi «Aqto‘be viloyatida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi 738-son qarori bilan joriy etilgan Aqto‘be viloyati chegaralarida favqulodda holat bekor qilinsin”, deyiladi hujjat matnida.

Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Avvalroq Chimkent, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Oqmo‘la, Qo‘stanay, Qarag‘anda, Pavlodar, G‘arbiy Qozog‘iston va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida favqulodda holat bekor qilingan edi.

Favqulodda holat Atirau, Qizilo‘rda, Nursulton, Olmaota, Mang‘istau va Jambil viloyatlarida saqlanib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!