«Tunda do‘kon oynalarini sindirib, alkogol mahsulotlarini yo‘q qilib tashlamoqchimiz. Bu ishimiz joizmi?»

«Tunda do‘kon oynalarini sindirib, alkogol mahsulotlarini yo‘q qilib tashlamoqchimiz. Bu ishimiz joizmi?»
Savol:

Mening oshxonam bor. Halollikka qattiq rioya qilaman. Ammo yaqinda yonimga bittasi "Aroq-vino" do‘koni ochdi. Men bunga nima chora ko‘rsam bo‘ladi? Biz o‘zimiz og‘aynilarim bilan kelishdik. Tunda do‘kon oynalarini sindirib, alkogol mahsulotlarini yo‘q qilib tashlamoqchimiz. Bu ishimiz joizmi?

Javob:

Bu ishingiz shar’an joiz emas. Munkar bilan bunday kurashilmaydi. Qolaversa ahli kitobning nazdida alkogol mahsulotlari mulk sanaladi. Bu holda shariat ham talofat yetkazilgan mulkni sizdan egasiga undirib berishga hukm qiladi. Qolaversa birovning mulkiga tajovuzning ham shar’an javobi bor.

Sizning holatingizda u odamga nasihat qilish va oshxonangizga aroq kirmasligini ta’minlash huquqingiz bor xolos. Agar u do‘kon mulkingiz bo‘lganda ijara shartnomasini buzishingiz mumkin bo‘lardi. Demak, siz rejalagan ish shariatda aslo joiz emas.

Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!