Tramp Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyiga qulog‘i bog‘langan holda kelgan

Tramp Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyiga qulog‘i bog‘langan holda kelgan

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Respublikachilar partiyasi qurultoyida delegatlar oldiga qulog‘i bog‘langan holda chiqdi . Siyosatchining suratlarini Reuters nashr qildi .

Bu Trampning suiqasddan keyingi birinchi ommaviy tadbiridir.

Donald Trampga suiqasd 13 iyul kuni uning Pensilvaniya shtatidagi saylovoldi tashviqoti mitingidagi chiqishi vaqtida sodir bo‘ldi . Otishmadan so‘ng siyosatchi nutqini to‘xtatib, qulog‘ini ushlab, so‘ng yerga yotib oldi. U Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan qamrab olingan, shundan so‘ng sobiq davlat rahbari zudlik bilan evakuasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!