Tramp Obamani poyloqchilik qilishda aybladi

Tramp Obamani poyloqchilik qilishda aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp FQBning sobiq agenti Piter Strzokning ko‘rsatmalari rasshifrovkasini e’lon qildi. Unda AQSh maxsus xizmatlarining Barak Obama prezidentligi vaqtida Tramp ortidan kuzatuv olib borgani haqida aytilgan. Bu haqda Tramp tvitterda ma’lum qildi.

Jumladan, Tramp bu ma’lumot Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlariga ehtimoliy aralashuvini tergov qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerning yakuniy hisobotiga kiritilishiga umid bildirgan.

Bu Obama vaqtidagi jamoa FQB, adliya vazirligi va MRB bilan prezident Trampni 2015 yilgacha ta’qib qilgani va uni yo‘qotish maqsadida birgalikda ishlaganining yangi isboti , deb Strzok aytganlarni keltirib o‘tgan Tramp.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!