Milan aeroportiga Berluskoni nomi beriladi

Milan aeroportiga Berluskoni nomi beriladi

Milan (Italiya) bosh aeroporti — Milan-Malpensaga sobiq davlat arbobi Silvio Berluskoni nomi beriladi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Matteo Salvini bayonot berdi.

Silvio Berluskoni 1994 yildan 2011 yilgacha bo‘lgan davrda uch marta Italiya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2023 yil iyunida 86 yoshida vafot etgan.

Sobiq bosh vazir va mediamagnat Berluskoni Forza Italia partiyasi asoschisidir, hozirgi bosh vazir Jorja Meloni boshchiligidagi hukumat uni Italiya tarixida o‘chmas iz qoldirgan deb hisoblab, nomini abadiylashtirishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!