Bokschilarimiz Fransiyaga yo‘l oldi

Bokschilarimiz Fransiyaga yo‘l oldi

"Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining so‘ngisida ishtirok etish uchun Fransiyaning Nansi shahriga jo‘nab ketdi. Bokschilarimiz 20 iyulga qadar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.

Mazkur xalqaro yig‘inda XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan 10 dan ortiq davlat vakillari jam bo‘lishadi.

Fransiyada kechadigan mashg‘ulotlar davomida Olimpiada yo‘llanmasiga ega 7 nafar bokschimizga 2 nafardan sparring sheriklar biriktirilgan.

Fransiya safariga jami 21 nafar sportchi, 11 nafar murabbiy va 2 nafar tibbiyot xodimlari yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 19 kun qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!