Toshkentlik o‘smir qiz tengdoshi bilan «razborkasi» uchun yil boshida javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentlik o‘smir qiz tengdoshi bilan «razborkasi» uchun yil boshida javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi

Tengdoshi bilan «razborkasi» uchun toshkentlik qiz yil boshida javobgarlikka tortilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shayxontahur tuman ma’muriy sudi 17 yashar Nigina YU. va uning do‘sti Hojiakbar A.ga nisbatan ishni joriy yil 23 fevral kuni, ya’ni ushbu voqea ro‘y berib, videoga olingan va internetga joylangan paytda ko‘rib chiqqandi. Nigina kursdoshi Shirin.I.ni kaltaklagan qiz bo‘lib, u Hojiakbar tasvirga olgan videoni internetga qo‘ygan.

Sud Niginani Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalarida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topib, eng kam ish haqining 3 barobari miqdoridagi jarimaga tortgan.

Mazkur video yil boshidan beri internetda aylanib, tarmoqqa qo‘yilgan post tufayli endigina ko‘pchilikning e’tiboriga tushgani oydinlashdi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!