Toshkentda uyni ta’mirlash uchun chaqirilgan usta jinoyatga qo‘l urdi

Toshkentda uyni ta’mirlash uchun chaqirilgan usta jinoyatga qo‘l urdi

17 sentyabr kunidan 18 sentyabrga o‘tar tunda Mirzo-Ulug‘bek tumanida 36 yoshli Orif R. tomonidan uyda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun taklif qilingan noma’lum shaxs, uy egasi uyda yo‘qligidan foydalanib, yotoqxonaga kirish eshigining qulfini buzib u yerdan umumiy narxi 3.325.000 so‘mga teng bo‘lgan narsa-buyumlarni o‘g‘irlab ketgan. Shundan so‘ng g‘arazgo‘y voqea joyidan yashirindi.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar davomida IIBB xodimlari gumonlanuvchi 24 yoshli Raximjon A.ni qo‘lga olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!