Toshkentda uy ijarasi narxi qay tomonga o‘zgarayapti?

Toshkentda uy ijarasi narxi qay tomonga o‘zgarayapti?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.

2023-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun ijara narxlari tushishda davom etgan bo‘lsa, to‘liq ta’mirlangan uylar uchun biroz ko‘tarilgan.

Noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan oydagiga nisbatan o‘rtacha 0,7 foiz pasaygan.

Noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan uylar guruhida bir xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari oktyabr oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foiz oshib, 401 AQSh dollarini tashkil etgan. Mazkur davrda ikki xonali xonadonning ijara narxlari (452 dollar) 0,8 foizga tushgan bo‘lsa, uch xonali uylarning ijara narxi (519 dollar) 0,9 foiz arzonlagan. to‘rt xonali uylarning ijara narxi (590 dollar) esa 1,3 foizga pasaygan.

Noyabr oyida to‘liq ta’mirlangan guruhdagi uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlari 0,2 foiz oshgan.

Xususan, shahar bo‘yicha bir xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari (492 dollar) 0,5 foiz oshgan bo‘lsa, uch xonali (786 dollar) va to‘rt xonali (907 dollar) uylar uchun ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 0,1 foiz va 0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, ikki xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0,3 foiz arzonlab, 664 dollarni tashkil etgan.

Ijara narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to‘plandi. Bunda oktyabr oyi uchun 42,4 mingta va noyabr oyi uchun 40.6 mingta ma’lumotdan foydalanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!