Toshkentda Spark ustida sherigini bog‘lab, "TikTok"ka rolik suratga olgan blogerlar 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda Spark ustida sherigini bog‘lab, "TikTok"ka rolik suratga olgan blogerlar 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Spark ustida bir fuqaroning bog‘langan holda harakatlanayotgani tasvirlangan video tarqaldi. «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» dasturida ma’lum qilinishicha, qoidabuzar blogerlar javobgarlikka tortilgan.

Ma’lum qilinishicha, videodagi holat 1 iyul kuni Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Unda bir fuqaroning Spark tomiga bog‘langan holda harakatlangani va uning yana ikki sherigi holatni videoga olgani tasvirlangan.

«Bu mening g‘oyam edi. Odamlar uchun ozgina qiziqroq bo‘lishi uchun qildik. Bu ishimdan afsusdaman», — deydi qoidabuzarlardan biri.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqilib, ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125 va 183-moddalari (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, mayda bezorilik) bo‘yicha sudga taqdim etilgan. Sud esa qoidabuzar blogerlar nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BMHning uch baravari (735 ming so‘m) miqdorida jarima tayinlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!